Zelenskiy Shvetsiya qiroli bilan uchrashdi (foto)

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy rafiqasi bilan Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustav va Shvetsiya qirolichasi Silviya bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Biz Shvetsiyadan mamlakatimiz mustaqilligi va hududiy yaxlitligi uchun kurashda har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdormiz. Biz Shvetsiyaning barcha mumkin bo‘lgan sohalarda kuchli yordamini yuqori baholaymiz. Bu ukrainaliklarning ozodlik va Yevropa kelajagi uchun kurashiga qo‘shayotgan salmoqli hissadir”, deydi Zelenskiy.

Ukraina Prezidenti Shvetsiya Rossiya tajovuzidan qochib, vaqtinchalik boshpana izlashga majbur bo‘lgan Ukraina fuqarolarini Shvetsiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganini ta’kidlab, qirol va qirolichaga, shuningdek, butun Shvetsiya qirollik oilasiga ularning ehtiyojlariga katta e’tibor qaratgani uchun minnatdorlik bildirgan.

“Biz Shvetsiyaga Ukraina mudofaa kuchlarini va Ukraina osmonini himoya qilishni sezilarli darajada kuchaytirgan kuchli mudofaa yordami uchun ayniqsa minnatdormiz. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni bu yo‘nalishda kengaytirishga umid qilaman”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 19 avgust kuni Ukraina rahbari Shvetsiyaga tashrif buyurgandi. U Bosh vazir Ulf Kristersson, spiker Andreas Norlen va parlamentdagi partiyalar raislari bilan uchrashishni rejalashtirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy Karl XVI

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made