Zelenskiy shifokorlarning maoshini oshirishni o‘z nazoratiga oldi

Olam

image

Ukraina Respublikasi Prezidenti Vladimir Zelenskiy tibbiyot xodimlarining maoshlari oshirilishini sho‘axsiy nazoratiga oldi. Mamlakat shifoxonalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlari joriy yilning sentyabr oyidan oshirilgan maoshlarni oladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Zelenskiy hukumat vakillari bilan konferensiya o‘tkazib, tibbiyot sohasini COVID-19 ga qarshi kurashish va epidemiyaga qarshi harakatlarni yangilash uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish xususida so‘z ochdi. 

"Koronavirus inqirozi sharoitida inson hayotini qahramonlik bilan qutqaradigan shifokorlarimizning ish haqi ko‘payishi qaysi bosqichda?", deya Sog‘liqni saqlash vaziri Maksim Stepanovga murojaat qilgan Prezident. 

Hukumat vakili shifokorlar sentyabr oyi oxirida oshirilgan ish haqini olishlari haqida xabar berdi. Uning ta’kidlashicha, hozirda Milliy sog‘liqni saqlash xizmati 1600 shifoxona bilan shartnomalar imzolamoqda. Sog‘liqni saqlash vaziri oyliklarni oshirish uchun yil oxiriga qadar qo‘shimcha 6 milliard grivna ajratilganini qayd etgan. 

“Biz shifokorlarga moliyaviy barqarorlikni va’da qildik. Buning uchun biz javobgarmiz. Men hukumatdan ukrainaliklarga bergan va’dalarini bajarishini kutmoqdaman", deydi Vladimir Zelenskiy. 

Prezident, shuningdek, Ukrainada mahalliy olimlar vaksinalarni ishlab chiqarishi uchun zamonaviy biologik laboratoriyani yaratishga byudjetdan mablag‘ kiritilishi kerakligini aytgan.  

Ma’lumot o‘rnida, hozirda Ukrainada 184 734 kishi koronavirusga chalingan. Ularning 81 670 nafari sog‘aygan, 3 705 nafar bemor vafot etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

41

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing