Zelenskiy Saakashvilini yangi lavozimga tayinladi
Olam
−
07 may 2020
10440Bugun, 7 may kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Gruziyaning sobiq Prezidenti Mixail Saakashvilini islohotlar ijroiya qo‘mitasi rahbari etib tayinladi.
Saakashvili Ukrainaga qaytishi haqida gap-so‘zlar tarqalganda, u Bosh vazirning islohotlar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lishi taxmin qilingandi. 22 aprel kuni Saakashvilining o‘zi Vladimir Zelenskiy unga Ukraina hukumati tarkibiga kirishni taklif qilganini aytgandi. Ukraina Oliy Radasi uning nomzodini ko‘rib chiqmagach, Ukraina hukumati Saakashvilini tayinlash to‘g‘risidagi taklifni parlamentdan qaytarib olgandi.
Ukraina Milliy islohotlar kengashi 2014 yilda tuzilgan. Bu Prezident huzuridagi maslahat organi.
Ma’lumot uchun, Mixail Saakashvili 2008-2013 yillarda Gruziya Prezidenti bo‘lgan. U 2015-2016 yillarda Pyotr Poroshenko Prezdentligi davrida Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori vazifasini bajargan. 2017 yilda Poroshenko bilan ziddiyatga borgani sababli uni Ukraina fuqaroligidan mahrum qilishgan. Sakashvili 2019 yilda Zelenskiy prezidentlik saylovida g‘alaba qozongach, ukrain fuqaroligini qaytarib olgan.
LiveBarchasi