Zelenskiy Saakashviliga lavozim taqdim qilgani sababli Gruziya Kiyevdan elchisini chaqirib oldi

Olam

image

Gruziya Respublikaning sobiq Prezidenti Mixail Saakashvili Ukrainani isloh qilish bo‘yicha ijroiya qo‘mitasi rahbari etib tayinlandi. Ushbu hodisadan so‘ng Gruziya norozilik belgisi sifatida Kiyevdan elchisini chaqirib oldi. Bu haqda Gruziya tashqi ishlar vaziri David Zalkaliani ma’lum qildi.

Lekin, Ukraina Respublikasi Prezidenti Vladimir Zelenskiy Gruziyani noto‘g‘ri harakat qilayotganini aytdi. Ammo Gruziyaga deyarli jinoyatchi sifatida ko‘riladigan sobiq Prezidentga rasmiy lavozim teggani yoqmayapti.

“Mamlakatda sudlangan va qidirilayotgan shaxsni strategik sherik sifatida tayinlash Gruziyaning Ukrainadagi elchisi Teymuraz Sharashenidzeni chaqirib olish uchun asos bo‘ldi“, deydi Zalkaliani.

Shu bilan birga, rasmiy Tbilisi Kiyev bilan diplomatik aloqalarni uzmoqchi emas.

 

Maqola muallifi

Teglar

Gruziya Ukraina Mixail Saakashvili Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

113

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing