Zelenskiy Rossiyaning “xavfli jurnalisti” kimligini aytdi
Olam
−
11 Oktabr 2019
6204Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya ommaviy axborot vositalari bilan muloqot qilish uchun vaqt topolmayotganini aytdi, deya yozmoqda MK.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, ular mamlakatda bo‘layotgan voqealarga nisbatan turlicha qarashlarga ega.
Bundan tashqari, u rossiyalik jurnalist Rossiya davlat teleradiokompaniyasi jurnalisti Olga Skabeyeva faoliyatini baholadi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Olga "juda xavfli".
Prezident devoni rahbarining o‘rinbosari Kirill Timoshenkoga ko‘ra, Skabeyeva go‘yoki Zelenskiyni matbuot anjumaniga borishga va Ukraina rahbariga savol berishga uringan.
Ammo uning arizasi rad etildi. Jurnalist Ukrainaga kira olmaydi.
Ma’lumot uchun, Olga Skabeyeva 1984 yilda Rossiyaning Voljsk shahrida tug‘ilgan. U "Vesti nedeli" dasturida boshlovchilik qiladi.
LiveBarchasi