Zelenskiy Rossiyani davlat terrorchiligida aybladi

Olam

image

Davlat darajasidagi terrorizm butun xalqaro hamjamiyatga tahdid soladigan eng jirkanch xalqaro jinoyatlardan biridir. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy navbatdagi videomurojaatida aytib o‘tdi.

Davlat rahbari Rossiyani Ukrainadagi tinch aholiga raketa hujumlarida aybladi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya ochiqchasiga muzokaralar olib borishdan bosh tortyapti, tinch aholini qo‘rqityapti.

“Tinch aholiga qarshi doimiy terror Rossiyaning real muzokaralarni yaqqol rad etishidir. Terrorizm jazolanishi kerak bo‘lgan jinoyatdir. Davlat darajasidagi terrorizm nafaqat dunyoda kimgadir, balki butun xalqaro hamjamiyatga tahdid soladigan eng jirkanch xalqaro jinoyatlardan biridir”, deydi Ukraina rahbari.

Moskvani davlat terrorizmini amalga oshirishda ayblab, Zelenskiy Rossiyaning Xarkov hududi, Donbass aholi punktlari va Ukrainaning boshqa hududlariga zarbalari misol qilib keltirgan.

“Terrorchi davlat tinchlikni xohlaydimi? Shubhasiz, yo‘q. Buni har kuni ko‘rsatyapti. Zaporoje Ukrainaning Rossiya raketa terrorini yo‘naltirgan shaharlaridan biridir. Rossiyaning Zaporojedagi oddiy turar-joy binolariga bergan zarbalari natijasida shu kechada kamida 14 kishi halok bo‘ldi”, deydi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Kreml rostdan ham muzokaralar yo‘liga kirishni istasa, bunday zarbalarni uyushtirmasdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi

Baholaganlar

192

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing