Zelenskiy Rossiya yadro qurolini ishlatolmasligi uchun NATOga taklif berdi
Olam
−
07 Oktabr 2022 15055 2 daqiqa
NATO Rossiya tomonidan yadro qurolidan foydalanishining oldini olishi kerak. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Avstraliyaning Loui institutidagi nutqidan so‘ng savollarga javob berayotganda aytib o‘tdi.
Zelenskiy Rossiyaning yadro qurolidan foydalanish ehtimoli haqida gapirar ekan, bunga javob berish qiyin ekanini, chunki Rossiya rasmiylari mamlakatda sodir bo‘layotgan hamma narsani nazorat qilmasligini ta’kidladi.
“Ular ham jang maydonida hamma narsani nazorat qilmaydilar – ular bizni uch kun ichida qo‘lga olmoqchi edi. Ular nimani tutish kerakligini tushunmayapti: zabt etish, hujum qilish yoki hojatxonani o‘g‘irlash. Ular odamlarni talon-taroj qilishdi, o‘ldirishdi, zo‘rlashdi – ularning siyosatida ham xuddi shunday bo‘ladi. Ularning iqtisodida ham shunday bo‘lmoqda. Juda boy davlat va qashshoq xalq”, deydi u.
Ukraina Prezidentining fikricha, “NATO Rossiyaning yadro qurolidan foydalanishini imkonsiz qilishi kerak”.
“NATO nima qilishi kerak – Rossiyaning yadro qurolini ishlatish imkoniyatini yo‘qqa chiqarishi zarur. Ular [Rossiya] yadro qurolini ishlatsa, nima bo‘lishini bilishi uchun ogohlantiruvchi choralar ko‘rishi kerak. Rossiyaning yadro zarbasini kutib, keyin esa “hali shunaqami, unday bo‘lsa, mana sizga bizdan” deyish kerak emas”, deydi Zelenskiy.
U NATO o‘zining bosib o‘tkazish ketma-ketligini qayta ko‘rib chiqishi kerakligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni Putin xalqiga murojaati davomida, u Rossiya xavfsizligiga tahdid qiluvchilarga yadroviy qurol bilan javob berishdan ham tap tortmasligini aytgan edi.
Live
Barchasi