Zelenskiy dunyoni Rossiya tajovuziga tajovuz bilan javob qilishga chaqirdi

Olam

image

Rossiya  30 sentyabr kuni Ukraina tarkibidagi 4 ta hudud DXR, LXR, Xerson va Zaporije viloyatlarini  go‘yoki anneksiya qilinganini e’lon qildi. Rossiyaning bu harakatlari 2014 yilda Ukraina tarkibiga kirgan Qrimni tortib olishini takrorlashga o‘xshaydi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Avstraliyaning Loui institutidagi nutqi chog‘ida aytib o‘tdi.

"Agar Rossiya harakatlariga dunyoning reaksiyasi zaif bo‘lsa, Rossiya qandaydir yangi eskalatsiya (qurolli hujumning kuchayishi – tahr.)ni o‘ylab topadi. Shuning uchun dunyo endi kuchini ko‘rsatishi kerak. Nihoyat tajovuzkorlikka, tajovuzkorning kuchayish qobiliyatiga chek qo‘yish uchun kuch kerak. Xalqaro platformalarda Rossiyani Ukraina hududini anneksiya qilishga urinish uchun aniq va prinsipial qoralash talab etiladi, bu 2014 yildagidan tubdan farq qiladi", deydi Zelenskiy.

Shuningdek, u hozirgi vaziyatni II Jahon urishi payti imzolangan "Myunxen bitimi"ni takrorlanishi deb aytdi.

“Endi biz Myunxen kelishuvi deb atalgan ushbu kelishuvni tez-tez eslaymiz va uni siyosiy sinizm (madaniy qadriyatlarga va odob-axloq g‘oyalarini qo‘pol ravishda rad etuvchi va mensimaydigan munosabat – tahr.) modeli va halokatli xato deb hisoblaymiz. Insoniyatning o‘n millionlab hayotiga zomin bo‘lgan xato. Ishonchingiz  komil: Rossiya rahbari hozir Ukraina zaminida o‘tkazgan psevdoreferendumlar va hududimiz anneksiya qilingani haqidagi e’longa dunyoning munosabatini sinchiklab tahlil qilmoqda. Uni eskalatsiya qilish imkoniyati bor-yo‘qligi qiziqtiradi”, deydi Zelenskiy.

Davlatlar va davlatlar ittifoqlari darajasida vaziyatni 2014 yildagidan tubdan farq qilish uchun Rossiyaga qarshi yangi va qattiqroq sanksiyalar talab etiladi.

“Biz qanchalik ko‘p qurol va o‘q-dorilar, xususan, artilleriya, uchuvchisiz samolyotlar, havo mudofaasi, tankka qarshi va kemaga qarshi qurollarga ega bo‘lsak, Rossiyada xalqaro huquqni buzganlik uchun javobgarlik paydo bo‘ladi va tajovuzkor eskalatsiya imkon borligini shunchalik kamroq his qiladi”, deydi Ukraina rahbari.

Ma’lumot uchun, “Myunxen bitimi” –  Buyuk Britaniya Bosh vaziri Chemberlen, Fransiya Bosh vaziri Dalade, Germaniyaning fashist diktatori Gitler va Italiyaning fashist diktatori Mussolini tomonidan 1938  yil 29-30 sentyabrda imzolangan bitim. Sudet viloyatini Chexoslovakiyadan ajratib olib Germaniyaga berishni, shuningdek, Vengriya va Polsha hukumatlarining Chexoslovakiyaga nisbatan bo‘lgan hududiy da’volarini qondirishni nazarda tutgan. Bu bitim Ikkinchi jahon urushining ochilishiga imkoniyat yaratgan edi


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

163

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing