AQSH qarori “ikkinchi Afg‘oniston”ning oldini oladi – Zelenskiy

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSHning yangi yordam paketi mamlakatni “ikkinchi Afg‘oniston”ga aylanishining oldi olinishini aytdi. Bu haqda u “NBC News” telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi. 

“Qo‘shma Shtatlar Ukrainani qo‘llab-quvvatlaydi, uning fuqarolari va butun dunyoda demokratiyani himoya qiladi. Biz haqiqatan ham buni (Kiyevga yangi yordamni ma’qullash – tahr...) oxirigacha yetkazishimiz kerak. Biz imkon qadar tezroq frontdagi askarlar uchun zarur yordamni olmoqchimiz. Olti oy ichida emas”, deydi Zelenskiy.

Ukraina Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, AQSH yangi yordam paketini ma’qullaganidan so‘ng Ukraina jang maydonidagi vaziyatni barqarorlashtirish va tashabbusni qo‘lga olish imkoniyatiga ega bo‘ladi, chunki Ukraina Qurolli kuchlari yangi qurollarga muhtoj.

"Menimcha, bu yordam Qurolli kuchlarni chindan ham kuchaytiradi va agar Ukraina haqiqatan ham bizga juda zarur bo‘lgan qurol tizimini olsa, g‘alaba qozonish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Bu yordam Ukrainani mustahkamlaydi va Kremlga u boshqa Afg‘onistonga aylanmasligi haqida kuchli signal beradi", deydi u.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 20 aprel kuni respublikachilar hukmronlik qiladigan AQSH Kongressining Vakillar palatasi bir necha oylik qarama-qarshiliklardan so‘ng Ukrainaga qariyb 61 milliard dollar miqdoridagi keng ko‘lamli yordam paketini ma’qulladi.

Qonun loyihasini yoqlab 311 kongressmen so‘zga chiqdi, 112 kishi qarshi ovoz berdi.

Quyi palata ma’qullaganidan keyin qonun loyihasi Senat tomonidan ma’qullanishi kerak. Ovoz berish 23 aprelga belgilangan.

Kongressning Demokratik partiyasi yuqori palatasi Ukrainaga qariyb 61 milliard dollarlik yordam paketini qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda. AQSH Prezidenti Jo Bayden bu hujjatni darhol imzolashini allaqachon aytgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQSH Vetnam yoki Afg‘onistondagidek sharmanda bo‘lishini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing