Zelenskiy Rossiya qurollari dastidan Jonsonga arz qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya raketa zarbalarining aksariyati rus armiyasi tomonidan oddiy odamlarga, fuqarolik infratuzilmasi – turar-joy binolari, maktablar, shifoxonalar, universitetlar, transportga qaratilgan. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson bilan uchrashuvda so‘z ochdi. 

Ma’lumki, kecha, 17 iyun kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Jonson Ukrainaga nisbatan Rossiyaning harbiy harakatlari boshlangan fevral oyidan buyon Kiyevga ikkinchi bor tashrif buyurdi. Bu uchun Zelenskiy Jonsonga minnatdorlik bildirgan. 

Ukraina Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar imkon qadar mazmunli bo‘lib, muhim tafsilotlar bilan to‘ldirilgan. Asosiy masalalar qatorida ikki tomonlama munosabatlar, Yevropa va dunyodagi umumiy vaziyat bor. 

“Avvalo  bu ikki muhim narsa – mudofaa va xavfsizlik. Biz front chizig‘imizdagi, sharqimizdagi, davlatimiz janubidagi hozirgi vaziyatni, Ukrainani rus bosqinchilaridan himoya qilish imkoniyatlarini batafsil muhokama qildik. G‘alaba sari qanday harakat qilish haqida umumiy fikr mavjud. Chunki bu Ukrainaga kerak bo‘lgan natija – davlatimizning g‘alabasi”, deydi Prezident. 

Vladimir Zelenskiy Buyuk Britaniya bosh vaziriga Ukrainaning qurolga bo‘lgan ehtiyojini tushungani uchun minnatdorlik bildirgan. 

“Xususan, og‘ir qurollar yetkazib berishni ko‘paytirish zarurligi haqida so‘z yuritildi. Bugungi kunda asosiy narsa Ukraina uchun havo mudofaasini ta’minlashdir. Biz shu yo‘nalishda harakat qila boshladik. Rossiya raketalari xalqimiz uchun, butun Ukraina hududi uchun tahdid bo‘lib qolmoqda. Rossiya raketa zarbalarining aksariyati rus armiyasi tomonidan oddiy odamlarga, fuqarolik infratuzilmasi – turar-joy binolari, maktablar, shifoxonalar, universitetlar, transportga qaratilgan. Shubhasiz, bu barchamiz, hamkorlarimiz uchun Rossiya raketalaridan himoyalanishga yordam berish uchun eng ustuvor vazifalardan biri bo‘lishi kerak. Bu bizning hududimizning aksariyat qismidagi odamlarning hayotini kafolatlaydi”, deydi davlat rahbari. 

Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida tomonlar Buyuk Britaniya Ukraina manfaatlarini ilgari surgan Ramshteyn formatidagi uchinchi uchrashuv natijalariga to‘xtalib o‘tgan. Qolaversa, Ukrainaning moliyaviy va iqtisodiy yordamga muhtojligini muhokama qildilar. 

O‘z navbatida, Boris Jonson Buyuk Britaniya Ukrainani strategik chidamlilik bilan ta’minlashni istashini, bu esa mamlakatni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha global diplomatik koalitsiyani kuchaytirishini ta’kidladi. 

Jonson Buyuk Britaniya Ukrainani qurol-yarog‘ bilan ta’minlashda davom etishga, harbiylarni ulardan foydalanish bo‘yicha o‘qitishni tashkil etishga tayyorligiga ishontirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy Boris Jonson Rossiya-Ukraina urushi Rossiyaga bosqin

Baholaganlar

278

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing