Zelenskiy Rossiya, Eron va KXDRni terrorchilikda aybladi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya, Eron va Shimoliy Koreya davlatlarini terrorchilik harakatlarini tarqatishda aybladi va buni qoraladi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi. 

Zelenskiy Rossiya armiyasining Eron dronlari (Shahed) va raketalari yordamida Ukraina shaharlariga, jumladan Kiyevga qilgan hujumlarini keskin qoralagan.

Prezidentga ko‘ra, bu hujumlar Kiyev, Belaya Serkov va boshqa hududlarda oddiy fuqarolik infratuzilmasini nishonga olgan. Ushbu hujumlar oqibatida Kiyevda kamida 5 ta ko‘p qavatli uy zararlangan, 6 kishi halok bo‘lgan, yana 1 kishi Belaya Serkov shahridagi shifoxonaga tushgan. 

Umuman olganda, hujumlarda 352 ta dron, shundan 159 tasi Shahed, 16 ta raketa ishlatilgan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujumda Shimoliy Koreyadan jo‘natilgan ballistik raketalar ham qo‘llanilgan. Ukraina havo mudofaasi ko‘plab hujum vositalarini yo‘q qilgan, ammo hammasini emas.

Zelenskiy Rossiyaning bu harakatlarini “mutlaqo kinoyali va terroristik” deb atadi va Moskvaning ilgari Eron yadroviy ob’ektlariga hujum qilgan AQSHni keskin qoralaganini eslatgan. Endi esa Rossiyaning o‘zi aynan Eron bilan hamkorlikda tinch aholiga zarba berayotganini tilga olgan.

“Rossiya, Eron va Shimoliy Koreya kabi davlatlar terrorni tarqatishda davom etsa, ularning qo‘shnilari ham o‘z hayotini himoya qila olish-olmasligi haqida jiddiy o‘ylashi kerak”, degan Ukraina Prezidenti. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Kommersant” savoliga javoban Rossiya Eron-Isroil mojarosida Eron tomoniga harbiy yoki boshqa turdagi yordam ko‘rsatishi Tehronning qanday rasmiy so‘rov bilan murojaat qilishiga bog‘liqligi haqida aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Eron Shimoliy Koreya Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing