Zelenskiy Rossiya egallab olgan viloyatda 20 ta harbiy ma’muriyat tuzishni buyurdi
Olam
−
24 Sentabr 2022
8661Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 23 sentyabr kuni mamlakatning Rossiya tomonidan egallab olingan Lugansk viloyatidagi aholi punktlarida 20 ta harbiy ma’muriyat tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Ukraina Prezidenti saytida e’lon qilingan hujjatga ko‘ra, Stanitsia Luganska, Shirokiy, Markovka, Novopskov kabi aholi punktlarida qishloq harbiy boshqarmalari tashkil etiladi.
Zelenskiy Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi va viloyat hokimiyatlariga ma’muriyatlarni tuzish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rishni topshirdi.
Oldinroq Ukraina Prezidenti hududi mart oyida Rossiya Federatsiyasi tomonidan egallab olingan Xerson viloyati aholi punktlarida 15 ta harbiy ma’muriyat tashkil etish bo‘yicha xuddi shunday farmonni imzolagan edi.
LiveBarchasi