Zelenskiy Rossiya chekingan Xersonga bordi
Olam
−
14 noyabr 2022 8815 1 daqiqa
Bugun, 14 noyabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ukrain qo‘shinlari qo‘lga kiritgan janubiy Xerson shahriga bordi. Bu haqda “Reuters” agentligi yozmoqda.
“Biz olg‘a intilyapmiz”, degan Prezident Ukraina qo‘shinlariga murojaatida.
Shuningdek, Zelenskiy NATO va boshqa ittifoqchilarga Rossiyaga qarshi urushdagi yordami uchun minnatdorlik bildirgan.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tinchlikni o‘rnatishga tayyor.
“Biz tinchlikka, butun yurtimiz tinchligiga tayyormiz”, degan Ukraina yetakchisi.
Avvalroq, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Shoygu Qurolli kuchlarning Xersondan chekinishini ma’lum qilgan edi. Rossiya ushbu shaharni joriy yilning 23-27 sentyabr kunlari o‘tkazilgan “referendum” natijalariga ko‘ra, o‘zining abadiy hududi deya e’lon qilgan edi. Shuning uchun, Rossiyaning chekinish to‘g‘risidagi qarori xalqaro maydonda katta mag‘lubiyat sifatida qabul qilindi. Tahlilchilarning qayd etishicha, Prezident Vladimir Putin ushbu mag‘lubiyatga o‘zini beparvo ko‘rsatishga urinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Zelenskiy rossiyalik askarlarni Xersonda 400 dan ortiq harbiy jinoyatlarni hujjatlashtirishda ayblagan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr