Zelenskiy Rossiya bilan muloqot qilishi uchun shart qo‘ydi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev va Moskva o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari yo‘lidagi birinchi qadam Rossiya qo‘shinlarini Ukraina hududidan olib chiqib ketish bo‘lishi kerakligini aytdi. Bu haqda Zelenskiy Yel universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilari bilan suhbat chog‘ida ma’lum qildi. Zelenskiyning nutqi Ukraina rahbarining Telegram’dagi rasmiy sahifasida e’lon qilindi. 

“Umuman olganda, men uchun Prezident Putinning kimligini yoki u nima ekanligini aytish qiyin. Bu millatni yo‘q qilish uchun tajovuzkor qadamlar qo‘yyayotgan Putin brendi ostidagi harbiy-siyosiy rahbariyat atrofidagi odamlar”, deydi Zelenskiy.

Zelenskiy Ukraina bugun Putin bilan va umuman, bunday rejim va suverenitet va erkinlikka hurmatsizlik yondashuvi bilan gaplashishga tayyor emasligini ta’kidladi. 

“Hurmatsizlik hech bo‘lmaganda rossiyalik harbiylarning Ukraina hududida ekanligida namoyon bo‘ladi”, deydi u. 

Uning qayd etishicha, birinchi qadam Ukraina hududlaridan chiqib ketish bo‘lishi kerrak. 

Shu bilan birga, Zelenskiy keyingi suhbat rossiyaliklarning Ukrainani qanday tark etishiga ham bog‘liq bo‘lishini qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar qo‘shinlar Ukraina harbiylari tomonidan ortga surilganidan keyin Ukraina hududini tark etsa, bu muloqot formatlaridan biri, agar ular o‘zlari Ukraina hududini tark etsa, urushdan diplomatiyaga silliq o‘tish bo‘ladi. 

Xitoyning Ukrainadagi urushdagi pozitsiyasi haqida

Zelenskiy Xitoyning Ukrainani qo‘llab-quvvatlash borasidagi pozitsiyasi aniqroq bo‘lishini istashini bildirdi. 

“Men Xitoyning Ukrainani qo‘llab-quvvatlash borasidagi pozitsiyasi aniqroq bo‘lishini istardim. Bunday davlat Rossiyaning agressiv rejimini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish uchun o‘zini ishga tushirishini istamasdim. Bu mening yagona istagim”, deydi Zelenskiy. 

Chuqur iqtisodiy munosabatlar tarixi bor – urushgacha bo‘lgan eng yirik savdo aylanmasi Ukraina va Xitoy o‘rtasida bo‘lgan. Bu munosabatlar, ayniqsa, hozir saqlanib qolishi kerak, deb hisoblaydi Zelenskiy.
 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

625

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing