Zelenskiy Rossiya hujumini yoqlaganlarga qarshi qonun imzoladi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning hujumini qo‘llab-quvvatlovchilarning mol-mulki va aktivlarini musodara qilishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi.  

Tegishli qonun loyihasi joriy yilning 12 may kuni Oliy Rada tomonidan qabul qilingan. U jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan mol-mulkni, shuningdek ular bevosita yoki bilvosita tasarruf etishi mumkin bo‘lgan mol-mulkni davlat daromadiga undirish tarzidagi sanksiyalarning yangi turini belgilaydi. 

“U yoki bu tarzda bosqinchilarning Ukrainaga qarshi tajovuzini qo‘llab-quvvatlovchi sanksiya qo‘yilgan shaxslarning aktivlarini aniqlash va musodara qilish tartibi Ukraina byudjetini dushmanlar hisobiga tez va samarali to‘ldiradi. Qonunda ushbu jarayon uchun mas’ul bo‘lgan organlarga aniq ko‘rsatmalar berilgan. Men uning barcha ishtirokchilarining samarali hamkorligiga umid qilaman”, deyiladi Ukraina Prezidenti saytidagi bayonotda. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning mart oyi boshida Oliy Rada Rossiyaning Ukraina hududidagi mulkini majburiy tortib olish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilgan. Hujjat yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki va moliyaviy resurslarini milliylashtirishni nazarda tutadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

202

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing