Zelenskiy Rizo Pahlaviy bilan uchrashdi (video)

Olam

image

Kecha, 13 fevral kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Myunxen xavfsizlik konferensiyasi doirasida Eronning sobiq valiahd shahzodasi, surgundagi siyosatchi Rizo Pahlaviy bilan uchrashdi. Bu haqda Ukraina rahbari o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.  

Uchrashuv davomida Pahlaviy Zelenskiyga Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida eronlik namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirgan. Ukraina rahbari esa muhim pallada bildirilgan ishonch katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidlagan.

Qayd etish joiz, joriy yilning yanvar oyida Eronda bo‘lib o‘tgan ommaviy norozilik namoyishlari vaqtida xavfsizlik kuchlari minglab odamlarni o‘ldirgani haqida xabarlar tarqalgandi. Bu holat AQSH va uning ittifoqchilari tomonidan keskin qoralandi. Zelenskiy ham Eron xalqini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi va amaldagi rejimni tanqid qildi. Ukraina tomoni Eronni Rossiyaga, xususan, Ukrainaga qarshi urushda qo‘llanilayotgan “Shahid” dronlarini yetkazib berishda ayblab keladi.

AQSH eronlik namoyishchilar tomonida turgan bo‘lsa-da, hozircha Pahlaviy yoki boshqa surgundagi muxolifat yetakchilarni rasman qo‘llab-quvvatlamagan. Shunga qaramay, Pahlaviy so‘nggi yillarda bir qator siyosatchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazgan.

Suhbat chog‘ida Pahlaviy Erondagi vaziyatni Ukraina bilan taqqoslab, har ikki xalq mustaqillik va suverenitet uchun kurashayotganini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan mojaroda Ukraina Qurolli kuchlari yo‘qotishlari 55 ming kishidan oshganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Zelenskiy Rizo Pahlaviy uchrashdi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing