Zelenskiy reanimatsiyaga tushgani haqidagi xabarlarga javob berdi
Olam
−
21 iyul 2022
20055Ukrainadagi “TAVR Media” holdingiga qarashli radiostansiyalar mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy reanimatsiyada og‘ir ahvolda yotgani, uning vazifasini Oliy rada spikeri Ruslan Stefanchuk bajarayotgani haqida xabar berdi.
Biroq, “Xalq xizmatchisi” partiyasi Telegram-kanalida Zelenskiyning reanimatsiyada emasligi, o‘z offisida ishlayotganini aytgan videomurojaati e’lon qilindi.
“Men ofisdaman. Men hech qachon o‘zimni hozirgidek kuchli his qilmaganman. Bunday soxta narsalar tarqatuvchilar uchun yomon xabar: men yolg‘iz emasman. Biz 40 milliontamiz. Keksalarga hurmat bajo keltirgan holda aytaman: 44 yosh 70 yosh degani emas”, deydi u o‘z murojaatida.
Ukraina Davlat maxsus aloqa xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, noma’lum xakerlar “TAVR Media” radiostansiyalari serverlariga hujum qilgan va Ukrainaning “Melodiya FM” radiosiga buzib kirib, Zelenskiy o‘ta og‘ir ahvolda reanimatsiyada og‘ir ahvolda yotgani, uning vazifasini Oliy rada spikeri Ruslan Stefanchuk bajarayotgani haqida xabar tarqatgan.
“Ukraina Prezidentining salomatligi bilan bog‘liq muammolar to‘g‘risidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, deyiladi holdingning Facebook sahifasidagi izohida.
Bundan tashqari, Ukraina Prezidenti matbuot kotibi Sergey Nikiforov ham OAVda Prezidentning shifoxonaga yotqizilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Ma’lumot uchun, Zelenskiy 25 yanvar kuni 44 yoshni qarshi oldi, Vladimir Putin esa 7 oktyabr kuni 70 yoshga to‘ladi.
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023