Rim Papasi Ukrainani taslim bo‘lishga chaqirdi
Olam
−
10 mart
31371Zelenskiy Erdo‘g‘anning Rossiya ishtirokidagi muzokaralar taklifini rad etishi ortidan Rim Papasi Fransisk mag‘lub bo‘lgan tomon o‘zida jasorat topib, buni tan olishi va tinchlik muzokaralariga rozi bo‘lishi kerak, degan xulosaga keldi. Bu haqda u kecha, 9 mart kuni Shveysariyaning RSI telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Oq bayroqni ko‘tarish va ishlar ko‘zlangandek ketmayotganini tushunib, mardlarcha muzokaralar stoliga o‘tish kerak”, degan pontifik.
Papa Zelenskiyni nazarda tutib, Rossiya bilan gaplashib olish uchun jasorat topish va mag‘lubiyatdan uyalmaslikni tavsiya qilgan. Rim Papasiga ko‘ra, hozirda Ukrainadagi mojaroda vositachi bo‘lishga tayyor ko‘plab davlatlar bor, masalan, Turkiya shular jumlasidan.
“Muzokaralar olib borish vaqti keldi, vositachi bo‘ladigan davlatni qidiring”, deya qo‘shimcha qilgan u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Papa Fransisk dunyoni umumiy qurolsizlanishga chaqirib, buni xalqaro hamjamiyatning ma’naviy burchi deb atagan edi.
LiveBarchasi