Zelenskiy Polsha Prezidentini yer bilan bir qildi
Olam
−
23 avgust 2022
41680Polsha Respublikasi Prezidenti Anjey Duda Qrim platformasi ikkinchi sammitida ishtirok etish uchun bugun, 23 avgust kuni Kiyevga keldi va Prezident Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi.
Ukraina Prezidentining aytishicha, uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning butun majmuasi, xalqlar va butun Yevropa erkinligini birgalikda himoya qilish masalalari muhokama qilingan.
“Hozir bizga kerak bo‘lgan hamma narsa Polsha Prezidentiga batafsil ma’lum. Va biz Polsha tomoni tomonidan taqdim etilgan hajm uchun juda minnatdormiz, bu bizga katta yordam beradi. Biz uchun, Ukraina uchun urush davrida qurol-yarog‘ni qo‘llab-quvvatlash masalasi ustuvor ahamiyatga ega”, deydi Zelenskiy.
U, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining agressiyasiga qaramay, Ukrainaning Qrim yarim orolini deokkupatsiya qilish uchun hamma narsani qilishini aytdi.
O‘z navbatida, Polsha rahbari Anjey Duda Qrimni deokkupatsiya qilish uchun muhim bo‘lgan tadbirda Ukraina prezidenti va boshqa hamkorlar yonida bo‘lish u uchun sharaf ekanini ta’kidladi.
“Bugun Ukraina 24 fevralda emas, balki 2014 yilda, Rossiya birinchi marta Ukrainaga hujum qilib, Donetsk va Lugansk viloyatlarini de-fakto ishg‘ol qilishni, Qrimni bosib olishni boshlagan Rossiya agressiyasidan o‘z mustaqilligini, yaxlitligini himoya qilib, kurashmoqda", deydi u.
Polsha Prezidenti mamlakatning Rossiya bilan urushda g‘alaba qozonishi, bosib olingan barcha hududlar qaytarilishi hamda Ukraina tiklanib, mustahkamlanishiga ishonch bildirgan. Dudaga ko‘ra, Polsha va boshqa demokratik hamkor davlatlar bu borada Ukrainani qo‘llab-quvvatlaydi.
Prezidentlar uchrashuvdan so‘ng, Kiyevdagi Konstitutsiya maydonida “Jasorat” xiyobonining ochilishida ishtirok etdi.
Xiyobon Zelenskiyning tashabbusi bilan Ukraina mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab barpo etilgan. Aytilishicha, bu joy tasodifan tanlanmagan, chunki aynan Oliy Rada qarshisidagi Konstitutsiya maydonida zamonaviy mustaqil Ukraina “tug‘ilgan”.
Vladimir Zelenskiy ushbu xiyobonda Ukrainaga Rossiya Federatsiyasiga keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan beri muhim yordam ko‘rsatgan siyosiy yetakchilar va hamkor mamlakatlarning boshqa vakillarining nomlari aks etishini ta’kidlagan.
“Bugun men Polsha Prezidenti Anjey Duda ishtirokida “Jasorat” xiyobonini ochmoqchiman. Uning nomi hamisha shu xiyobonda qoladi. Bu jasorat ramzi, do‘stlik ramzi, zarur bo‘lganda Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdir”, deydi Vladimir Zelenskiy.
LiveBarchasi