Zelenskiy oligarxlarga qarshi qonunni imzoladi
Olam
−
06 noyabr 2021
6329Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy “oligarxlar” haqidagi qonunni imzoladi. Zelenskiy ushbu qonun yirik biznesning siyosatga ta’sirini cheklaydi deb hisoblaydi. Bu haqda “Forbes” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, qonun ijrosi ta’minlanganidan so‘ng, “oligarxlar”ning saylovlarda siyosiy partiyalar va nomzodlarni moliyalashtirishi, shuningdek, xususiylashtirishda ishtirok etishi taqiqlanadi.
“Demokratiya qonun va tenglik demakdir. Yirik biznes va siyosatchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tubdan o‘zgartiruvchi oligarxiyaga qarshi qonunni imzoladim. Endi barcha iqtisodiy o‘yinchilar qonun oldida teng bo‘ladi va o‘zlari uchun siyosiy imtiyozlar sotib ololmaydi”, deb yozgan Zelenskiy o‘z Twitter sahifasida.
Xabarda ta’kidlanishicha, ushbu qonun aholining o‘rta sinfini va iqtisodiyot rivojlanishini tezlashtiradi.
LiveBarchasi