Zelenskiy ofisining rahbar o‘rinbosari uyida tintuv o‘tkazildi
Olam
−
13:01 3005 2 daqiqa
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Ukraina Prezidenti ofisining rahbari o‘rinbosari Irina Mudraning uyida tintuv o‘tkazmoqda. Bu haqda Oliy Rada deputati Aleksey Goncharenko ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Ukraina Milliy korrupsiyaga qarshi kurashish byurosi (UMKkB) va Korrupsiyaga qarshi ixtisoslashtirilgan prokuratura (KQIP) deputatlar hamda yuqori martabali amaldorlarga aloqador jinoiy tashkilotni fosh etish bo‘yicha maxsus operatsiya o‘tkazmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotiga ko‘ra, ushbu tashkilotga amaldagi va sobiq xalq deputatlari rahbarlik qilgan. Uning faoliyatida prezident ofisining yuqori martabali amaldorlari va boshqa shaxslar ham ishtirok etgani aytilmoqda. Huquq-tartibot idoralari hozircha ishda gumon qilinayotgan shaxslarning ismlarini oshkor qilmagan.
Oliy Rada deputati Aleksey Goncharenko esa Irina Mudraning uyida tintuv o‘tkazilayotganini ma’lum qilgan. U ish bo‘yicha boshqa tafsilotlarni keltirmagan.
Shuningdek, Ukraina OAVlari operatsiya doirasida sobiq “Muxolifat platformasi – Hayot uchun” partiyasi deputati Vadim Stolar ham tilga olinganini yozmoqda. Ish tafsilotlari keyinroq e’lon qilinishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Irina Mudra 2024 yilning mart oyida Vladimir Zelenskiy tomonidan prezident ofisi rahbari o‘rinbosari etib tayinlangan. U prezident ofisida yuridik va huquqiy masalalarga mas’ul. Bungacha u adliya vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyaning Parij shahridagi Yelisey saroyi – Fransiya prezidenti qarorgohida korrupsiya ishi doirasida tintuv o‘tkazilgandi.
Live
Barchasi