Zelenskiy Netanyaxu bilan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash yo‘llarini muhokama qildi
Olam
−
08 Sentabr 2023 3909 1 daqiqa
Kecha, 7 sentyabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon orqali gaplashdi. Bu haqda ikki yetakchi o‘zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi.
Tomonlar Isroilning Rossiya bosqiniga qarshi kurashda Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarni muhokama qilgan. Shuningdek, Ukraina fuqarolarining vizasiz rejim ostida Isroilga kirishining rad etilishi holatlari ko‘paygani masalasi ko‘tarilgan. Netanyaxu bu holat tuzatilishi zarurligini aytgan.
“Yahudiylarning Yangi yili (Rosh xa-Shana) yaqinlashayotganini va ziyoratchilarning Umanga ommaviy kelishini inobatga olgan holda, biz Rossiyaning raketa va Eron dronlari bilan terrori davom etayotganini hisobga olib, ularning xavfsizligi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarga javob berish masalalarini muhokama qildik”, deb yozgan Zelenskiy..
Bosh vazir Netanyaxuning matbuot xizmati esa yetakchilar Isroilning havo hujumidan erta ogohlantirish tizimlarini ishlab chiqish va targ‘ib qilishdagi hamkorlik bo‘yicha gaplashganini bildirgan.
“Biz Isroilning Ukrainaga, shu jumladan Isroildagi ukrainalik qochqinlarga yordamini davom ettirish, shuningdek, fuqarolik mudofaasi tizimlarini rivojlantirishda yordamni davom ettirishni muhokama qildik. Men e’tiqod erkinligini saqlab qolish uchun bu yil Umanga dindorlarning kelishi imkoniyatini maksimal darajada oshirish zarurligi haqida masalani ko‘tardim”, deb yozgan Netanyaxu.
Live
Barchasi