Zelenskiy kuzda “tinchlik formulasi” bo‘yicha sammit o‘tkazilishidan umidvor

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kuzda “tinchlik sammiti” o‘tkazilishiga umid qilishini va bu hafta Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan muzokaralar ushbu maqsad sari qadam bo‘lishini aytdi. Bu haqda u kecha, 2 avgust kuni Ukrainaning xorijiy diplomatik muassasalari rahbarlari bilan uchrashuvda so‘z ochdi.

Zelenskiy shu hafta Jiddada deyarli 40 davlat ishtirokida Ukraina tomonidan taklif etilgan “tinchlik formulasi”ni amalga oshirish bo‘yicha davlatlar rahbarlari maslahatchilari va TIV vakillarining ikkinchi uchrashuvi o‘tkazilishini eslatgan.

“Uchinchi qadam sammit – global tinchlik sammitini tashkil etish bo‘ladi. Bu kuzda sodir bo‘lishini ta’minlash uchun ishlamoqdamiz. Sammitda dunyoning ko‘pchilik qismi — Shimol, Janub, Sharq, G‘arb vakillari bo‘lishi kerak. Dunyoning aksariyat davlatlarini jalb qilish uchun hali vaqt bor”, degan Prezident.
Qayd etilishicha, sammit o‘tgan yilning kuzida Zelenskiy faol ilgari surgan 10 banddan iborat “tinchlik rejasi”ga asoslanadi. Uning tinchlikka bo‘lgan qarashlari Ukraina hududiy yaxlitligini to‘liq tiklash va Rossiya qo‘shinlarini to‘liq olib chiqish, oziq-ovqat va energiya xavfsizligini himoya qilish, yadro xavfsizligi, barcha mahbuslarni ozod qilish va boshqa bandlarini o‘z ichiga oladi.

Sammitni o‘tkazish joyi hozircha kelishib olinmagan. Ukraina va G‘arb rasmiylari sammitda Rossiya ishtirok etmasligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Saudiya Arabistonining Jidda shahrida 5-6 avgust kunlari Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish uchun muzokaralar bo‘lishi, unda ko‘plab davlatlardan vakillari ishtirok etishi, biroq Rossiya taklif etilmagani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing