Zelenskiy korteji YTHga uchradi

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy korteji Kiyevda avariyaga uchradi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sergey Nikiforov Facebook’da ma’lum qildi.

“Kiyevda yengil avtomashina Ukraina Prezidenti va hamrohlik qiluvchi mashinalar bilan to‘qnashib ketdi. Prezident shifokor ko‘rigidan o‘tdi, jiddiy jarohatlar aniqlanmadi”, deb yozadi u.

Prezident korteji bilan to‘qnashgan avtomobil haydovchisi jarohat olgan. Prezidentga hamrohlik qilayotgan shifokorlar unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, jabrlanuvchini tez yordam mashinasiga topshirishgan.

Nikiforovning so‘zlariga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari xodimlari voqea yuzasidan tekshiruv o‘tkazadi. Matbuot kotibi boshqa tafsilotlarni ochiqlamagan.

Zelenskiy bir kun avval Xarkov viloyati Izyum shahridan Kiyevga qaytib kelayotgan bo‘lgan. 

Zelenskiyning korteji 2019 yil iyul oyida ham avtohalokatga uchragan edi. O‘shanda u Zaporoje viloyatida bolalarni olib ketayotgan bir nechta avtobuslar bilan to‘qnashib ketgan. Kortejdan faqat mikroavtobus shikastlangan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Zelenskiy kortejda bo‘lmagan, u samolyotda Kiyevga jo‘nab ketgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

923

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing