Zelenskiy korrupsiyani davlatga xiyonat bilan tenglashtirmoqchi
Olam
−
28 avgust 2023
2784Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina Oliy Radasiga (parlamentiga) urush davridagi korrupsiyani davlatga xiyonat bilan tenglashtirishni taklif qilmoqchi. Bu haqda “Lenta.ru” nashri xabar berdi.
Davlat rahbari bu haqda o‘z intervyusida ma’lum qilgan.
“Men Ukraina qonunchilariga urush davridagi korrupsiyani xiyonat bilan tenglashtirish bo‘yicha takliflar kiritaman. Deputatlar bu qonunni qo‘llab-quvvatlaydimi yoki yo‘q bilmayman. Lekin men buni albatta taklif qilaman”, degan Zelenskiy.
Siyosatchining aytishicha, u bunday qaror jamiyatda doimiy ravishda ishlamasligini yaxshi tushunadi. Ammo urush davrida yangi qonun yordam berishi kerak.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tegishli qonun loyihasi kelgusi haftada parlamentga yuboriladi.
Eslatib o‘tamiz, Ukrainaning sobiq bosh prokurori Viktor Shokin AQSH Prezidenti Jo Baydenni korrupsiyada ayblagandi.
LiveBarchasi