Zelenskiy Kiyevda Yevropaning 4 davlati rahbarlari bilan uchrashdi
Olam
−
16 iyun 2022 14755 1 daqiqa
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Olaf Shols, Italiya Bosh vaziri Mario Dragi va Ruminiya Prezidenti Klaus Yoxannis Kiyevda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi.
Avval xabar berganimizdek, Fransiya, Germaniya, Italiya va Ruminiya yetakchilari bugun, 16 iyun kuni ertalab Kiyevga yetib keldi. Ahamiyatli jihati shundaki, Makron, Shols va Dragi bitta poyezdda Kiyevga kelishgan. Ularning ortidan esa Yoxannis yetib borgan.

Yevropa yetakchilari Kiyev viloyatining Irpen shahriga borib, urush talafotlari bilan tanishganlar. Shundan so‘ng ular Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi.
Ayni vaqtda Ukraina Prezidenti va Yevropa yetakchilarining muloqoti bo‘lib o‘tmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025