Zelenskiy Kiyev NATOning “ochiq eshiklariga” kira olmasligini tan oldi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevning NATOga a’zo bo‘la olmasligini tan olish kerakligini aytdi. 

“Ukraina NATOga a’zo bo‘la olmasligi aniq. Biz buni tushunamiz, biz adekvat odamlarmiz. Ko‘p yillar davomida biz go‘yoki ochiq eshiklar haqida eshitganmiz, lekin u yerga kira olmasligimizni ham eshitganmiz. Bu haqiqat va buni tan olish kerak”, degan u Birlashgan ekspeditsiya kuchlari davlatlari rahbarlarining uchrashuvida. 

Yangi formatlar 

Ukraina Prezidentining ta’kidlashicha, Kiyevga G‘arb davlatlari bilan hamkorlikning yangi formatlari va alohida xavfsizlik kafolatlari kerak. 

“Bizga o‘zaro hamkorlikning yangi formatlari, yangi qat’iyat zarurligini ta’kidlaymiz va agar biz [NATOning] ochiq eshiklariga kira olmasak, unda qo‘limizdan kelgan va bizga yordam beradigan, himoya qiladigan jamiyatlar bilan ishlashimiz kerak, masalan, sizniki kabi. Va alohida kafolatlarga ega bo‘lish uchun biz o‘zimizga, demak, siz uchun ham ishonchli kafolatlarga ega bo‘lishni istardik”, degan u. 

2014 yilda tashkil etilgan, Birlashgan Qirollik boshchiligidagi Birlashgan Ekspeditsiya kuchlari doimiy kuchlar emas. Unga ishtirokchi davlatlar (Buyuk Britaniyadan tashqari, Daniya, Islandiya, Latviya, Litva, Niderlandiya, Norvegiya, Finlyandiya, Shvetsiya va Estoniya) vaqti-vaqti bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Ukraina

Baholaganlar

729

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing