Zelenskiy qanday shartlarda Qrim va Donbass bo‘yicha referendum o‘tkazilishini aytdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy urush boshlanganidan keyin ilk marta Rossiya ommaviy axborot vositalari vakillariga intervyu berdi. Intervyu davomida u Ukrainada neytral maqomni joriy etish bo‘yicha referendum o‘tkazish ehtimoli haqida gapirgan.  

Zelenskiyga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari Ukrainada bo‘lgani uchun referendum o‘tkazib bo‘lmaydi. 

“Konvensiya nuqtai nazaridan, agar mamlakat hududida boshqa davlatning qo‘shinlari yoki qurolli noqonuniy tuzilmalari yoki huquqiy tuzilmalari bo‘lsa, hech kim hech qachon bu referendum natijalarini hisobga olmaydi. Bu mumkin emas”, deb ta’kidlagan Zelenskiy. 

Shuningdek, u shunday holat Qrimda bo‘lganini aytgan. 

“Chunki o‘shanda Rossiya qo‘shinlari borligi sababli referendumni hech kim tan olmagan va hozir ham tan olmaydi”, degan u. 

Prezident Rossiya tomonini referendum haqida gaplashish uchun harbiylarni emas, advokatlarni olib kelishga chaqirgan. Shuningdek, u Qrim va Donbass masalalarini muhokama qilish muhimligini qayd etgan. 

Ma’lumot uchun, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kuni kecha Yevropaning qator telekanallariga bergan intervyusida Rossiya bilan o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan murosa kelishuvlari, jumladan, xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha shartnomalar Ukrainada referendumga qo‘yilishi kerakligini aytgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

887

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing