Zelenskiy Ilon Maskni Ukrainaga chaqirdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy amerikalik tadbirkor Ilon Maskni Rossiya kuchlari tomonidan mamlakatga yetkazilgan zararni ko‘rish uchun Ukrainaga kelishini taklif qildi. Bu haqda Zelenskiy “The New York Times DealBook” sammitida bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Bu orqali Zelenskiy Ilon Maskning hududni Rossiyaga berish haqidagi tinchlik taklifini qoralagan.  

“Ukrainaga keling va o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rasiz”, deydi Zelenskiy.

U, shuningdek, urush qishki janglarning yangi bosqichiga qadam qo‘yayotgan bir paytda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning yadro qurolidan foydalanishiga bevosita tahdid yo‘qligiga ishonishini aytgan.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga tashrifdan keyingina mojaroni qanday hal qilish, uni kim boshlagan va qachon tugashi mumkinligi haqida gapirish kerak.

Zelenskiy Mask tomonidan taqdim etilgan Starlink internet-qurilmalari tufayli mamlakatda ko‘p narsa ishlayotganini ta’kidladi. 

“Aftidan, Ilon o‘z fikrini o‘zgartira boshlaganga o‘xshaydi. Bilmayman, balki unga kimdir ta’sir o‘tkazar yoki u o‘zi qaror qabul qiladi ”, deb qo‘shimcha qilgan Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyi boshida Ilon Mask Twitter’dagi sahifasida Rossiya bilan keng ko‘lamli urush bo‘lgan taqdirda Ukrainaning g‘alaba qozonishiga shubha bilan qarashini va tomonlarni tinchlikka chaqirganini yozgan edi. Maskning so‘zlariga ko‘ra, BMT nazorati ostidagi yangi, shaffof referendumlar Rossiya tomonidan qo‘shib olingan hududlarda o‘tkazilishi kerak va agar aholi o‘z yerlari Ukraina tarkibida qolishi uchun ovoz bersa, Rossiya chekinishi shart. Maskning fikricha, Qrim Rossiyada qolishi kerak. Qrim ham suv ta’minoti kafolatlarini olishi kerak. Nihoyat, Ukraina betaraf qolishi kerak. 

Bu javob Ukrainada, shuningdek, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida tanqidlar to‘lqiniga sabab bo‘lgan.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Zelenskiy Ilon Mask

Baholaganlar

82

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing