Zelenskiy Guterrishga Rossiyaning yadroviy shantajidan shikoyat qildi
Olam
−
18 avgust 2022
5366Bu terror global halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin, shuning uchun BMT Zaporoje AES xavfsizligini ta’minlashi, uni qurolsizlantirish va rus qo‘shinlaridan to‘liq ozod qilinishini ta’minlashi kerak. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun, 18 avgust kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda so‘z ochdi.
Zelenskiy va Guterrish “don yo‘lagi” va Rossiyaning Zaporoje atom elektr stansiyasidagi yadroviy shantajini muhokama qilgan.
"Biz don tashabbusini amalga oshirishda muvofiqlashtirishni davom ettirishga kelishib oldik. Uni rivojlantirishning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlari, ukrainaliklarni noqonuniy va majburiy deportatsiya qilish, harbiylarimiz va shifokorlarimizni asirlikdan ozod qilish masalalarini muhokama qildik", deydi Zelenskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, suhbatdoshlar Rossiyaning Zaporoje AESdagi yadroviy shantaji mavzusiga alohida e’tibor qaratgan.
"Bosqinchining bu qasddan terrori global halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun BMT ushbu strategik ob’ekt xavfsizligini, uni qurolsizlantirish va rus qo‘shinlaridan to‘liq ozod qilishni ta’minlashi kerak", deb ta’kidladi Zelenskiy.
Ayni vaqtda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham Lvovda bo‘lib turibdi. Erdo‘g‘an, Zelenskiy va Guterrish ishtirokida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan. Yig‘ilishda Ukraina-Rossiya urushini diplomatiya yo‘li bilan tugatish uchun tashlanishi mumkin bo‘lgan qadamlar muhokama qilinadi.
LiveBarchasi