Zelenskiy Goncharuk iste’fosini qabul qilmadi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Bosh vazir Aleksey Goncharuk bilan uchrashuvda mojaroli audioyozuvlar bilan bog‘liq yuzaga kelgan vaziyatga munosabat bildirdi va Goncharukning iste’fosini tasdiqlamadi.

“Men sizdan iste’foga chiqish haqida ariza oldim. Oxirgi mojaroli vaziyat sababli men sizga va hukumatingizga, agar siz jamoatchilikni tashvishlantirayotgan ba’zi narsalarni hal qila olsangiz, yana imkoniyat berishga qaror qildim”, deb aytgan Zelenskiy uchrashuvda.

Ukraina Prezidenti Bosh vazirga qo‘yayotgan vazifalar orasida vazirliklar va davlat kompaniyalarida mehnatga haq to‘lashning yangi konsepsiyasini ishlab chiqish bor. 

Zelenskiy hukumat a’zolarini noprofessional va nohalol deb hisoblamasligini, biroq Goncharuk bilan birga “hukumatni kuchaytirmoqchi ekanliklarini” aytgan.

“Men siz bu hukumatni qanday tanlaganingiz, siz va ular bilan gaplashganimiz esimda. Shu sababli sizdan hukumatdagi zaif joylarni topishni va u yoki bu rahbarni uning malakasi haqidagi ma’lumotlarga tayanib almashtirishni so‘rayman”, deb ta’kidlab o‘tgan Ukraina yetakchisi. 

Avvalroq, Ukraina Bosh vaziri Aleksey Goncharuk iste’foga chiqmoqchi ekani haqida xabar bergan edik. Bunga YouTube’da tarqalgan va Goncharukning hukumat a’zolari bilan uchrashuvidan yozib olinganligi ta’kidlangan audioyozuv sabab bo‘lgandi. Unda go‘yoki Goncharuk Zelenskiyni “juda oddiy fikrlovchi, iqtisodiy sohada hech narsani tushunmaydigan inson” deb atagan.

Shu mojaro sababli Goncharuk 17 yanvarda iste’foga chiqishga ariza yozgan. Zelenskiy huquq-tartibot idoralariga audioyozuvni kim tayyorlagani va internetga joylaganini aniqlash uchun ikki hafta muhlat berdi.

Goncharuk Ukraina hukumatiga 2019 yil 29 avgustdan rahbarlik qiladi. Bungacha u Prezident ofisi rahbari o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy Aleksey Goncharuk

Baholaganlar

31

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made