Zelenskiy G7 sammitida onlayn ishtirok etadi
Olam
−
18 may 2023
4263Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Yettilik guruhi davlatlarining Yaponiyada o‘tadigan sammitida onlayn tarzda ishtirok etadi. Bu haqda “Kyodo” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Zelenskiyning sammitda ishtirok etishini Yaponiya hukumati ham taqsdiqlagan. Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida shu yilning 21 mart kuni Kiyevga tashrif buyurganida Ukraina yetakchisini uch kunlik sammitda ishtirok etishga taklif qilgan.
Ma’lumot uchun, mazkur sammit Yaponiyaning Xirosima shahrida 19-21 may kunlari bo‘lib o‘tadi. Sammitga “Katta yettilik” guruhi davlatlaridan tashqari Avstraliya, Braziliya, Vetnam, Hindiston, Indoneziya, Kuk Orollari, Komor Orollari Ittifoqi, Janubiy Koreya rahbarlari ham taklif etilgan. Uchrashuvning asosiy mavzulari mintaqaviy masalalar, jumladan, Ukraina, Hind-Tinch okeani mintaqasi, Tayvan atrofidagi vaziyat, global janubiy mamlakatlar bilan hamkorlik, yadroviy qurollarni cheklash, iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligi muammolari bo‘ladi. Shuningdek, unda Rossiyaning olmos eksportiga nisbatan sanksiya joriy qilish masalasi ko‘rib chiqilishi ham ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Zelenskiy Indoneziyaning Bali orolida o‘tkazilgan G20 sammitida ham onlayn formatda ishtirok etgandi.
LiveBarchasi