Zelenskiy G7 davlatlari yetakchilariga murojaat qiladi
Olam
−
23 mart 2022
9000Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ertaga, 24 mart kuni Bryusselda uchrashadigan G7 davlatlari (Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSH, Fransiya va Yaponiya) yetakchilariga videoaloqa orqali murojaat qiladi. Bu haqda Ukraina rahbari Matbuot kotibi Sergey Nikiforov ma’lum qildi.
“Ukraina u yerda faol ishtirok etadi. Hech bo‘lmaganda, bu Prezidentning murojaati bo‘ladi yoki to‘liq ishtirok, albatta, video format ko‘rinishida. Ishtirok etish formati yaqin orada malum bo‘ladi”, degan Nikiforov.
Matbuot kotibining tushuntirishicha, Zelenskiy yana G7 yetakchilariga harbiy yordam so‘rab murojaat qilmoqchi.
“Buni bir necha yo‘l bilan amalga oshirish mumkin – parvozlar taqiqlangan hudud yaratish, Ukrainani kuchli havo mudofaasi va aviatsiya bilan ta’minlash”, deb tushuntirgan u.
Nikiforovning aytishicha, Zelenskiy G7 yetakchilari bilan Ukraina xavfsizligini ta’minlashning yangi formatlari haqidagi savollarni muhokama qilmaydi.
“Bu masala muhokama qilinmaydi, chunki G7 davlatlarining aksariyati NATOga a’zo. Ammo biz NATO va eski formatlar, BMT va boshqalar unchalik yaxshi ishlamayotganini ko‘ryapmiz, yangi formatlarni izlash Ukraina rasmiylarining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir”, deydi Nikiforov.
Ma’lumot o‘rnida, Germaniya kansleri Olaf Shols G7 mamlakatlari rahbarlarini 24 mart kuni bo‘lib o‘tadigan NATO va Yevropa kengashi sammitlari doirasida Bryusselda uchrashishga taklif qilgan.
LiveBarchasi