Zelenskiy Finlyandiyadan F-18 so‘radi
Olam
−
23 avgust 2023
3062Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Finlyandiya Bosh vaziri Petteri Orpodan Xelsinki zamonaviy qurol-yarog‘lari ro‘yxatidan chiqarayotgan to‘rtinchi avlod F-18 (Hornet) qiruvchi samolyotlarini Ukraina qurolli kuchlariga topshirishni so‘radi. Bu haqda u bugun, 23 avgust kuni Kiyevda Orpo bilan birga o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
"Bizga beriladigan hamma narsani olamiz. Biz suzuvchi yoki uchadigan hamma narsadan o‘rganishga tayyormiz. Agar Finlyandiyaga F-18 kerak bo‘lmasa, keling, biz uni mamnuniyat bilan qabul qilamiz”, degan Zelenskiy.
Uning ta’kidlashicha, F-16 samolyotlari mamlakat harbiy-havo kuchlari ehtiyojidan kelib chiqib, ustuvor bo‘lib qolmoqda. Biroq Ukraina har qanday turdagi samolyotlarni olishga tayyor.
Ma’lumot uchun, F-18 1970-yillarda Amerika Qo‘shma Shtatlarida ishlab chiqilgan. Bu esa ba’zi Yevropa mamlakatlarida xizmat ko‘rsatadigan tashuvchiga asoslangan qiruvchi-bombardimonchi samolyotdir.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 avgust kuni Zelenskiy Amsterdam bilan Kiyevga 42 ta F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qildi. Daniya ham Ukrainaga 19 ta F-16 qiruvchi samolyotini topshirishga tayyorligini bildirdi. Birinchi oltita samolyot shu yil oxirigacha yetib keladi.
LiveBarchasi