Zelenskiy endi G‘arbdagi va’daboz hamkorlaridan nolidi
Olam
−
01 iyul 2023
16074Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy G‘arbdagi hamkorlarini ukrainalik harbiylarni F-16 qiruvchi samolyotlarini boshqarishga o‘qitishni kechiktirgani uchun qoralab, o‘quv missiyalari jadvali haligacha yo‘qligini aytdi. Bu haqda u bugun, 30 iyun kuni Kiyevda Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches bilan uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.
"Hurmatli hamkorlarimizga Ukraina F-16 ni qachon olishi mumkinligi haqida tushunchaga egami yoki yo‘qmi degan savollarim bor. Biz kelishib olgandik, bizda mashg‘ulotlarni boshlashga tayyor bo‘lgan davlatlar koalitsiyasi borligini bildirdik. Biroq mashg‘ulot missiyalari jadvali haligacha yo‘q. O‘ylaymanki, ba’zi hamkorlar buni ortga surmoqda. Ular nega bunday qilyapti, men bilmayman”, degan Sanches.
Aytish joizki, Zelenskiy oldingi chiqishlarida ukrainalik uchuvchilar avgust oyida F-16 qiruvchi samolyotlarida mashg‘ulotlarni boshlashi mumkinligini, shundan so‘ng, olti-yetti oy ichida birinchi samolyot mamlakatga kirishi mumkinligini bildirgandi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilnng 21 may kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Xirosimada bo‘lib o‘tgan G-7 sammiti yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida G‘arb ukrainalik uchuvchilarni to‘rtinchi avlod qiruvchi samolyotlari, jumladan, F-16 samolyotlarini boshqarishga o‘qitishni boshlashini ma’lum qilgandi. Shu bilan birga, AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan Vashington yaqin oylarda hamfikrlari bilan qaysi davlatlar F-16 samolyotlarini Kiyevga topshirishini muhokama qilishini bidirdi.
LiveBarchasi