Zelenskiy do‘stlik uchun foydali deb bilgan davlatlarini e’lon qildi 

Olam 10589
image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy do‘stlik uchun foydali deb hisoblagan mamlakatlarini ma’lum qildi. Davlat rahbari ushbu ro‘yxatni “Ukraina 30. Xalqaro siyosat” forumidagi nutqi paytida e’lon qilgan.  

Zelenskiy ro‘yxatga AQSH, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Turkiya, Xitoy, Latviya, Litva, Estoniya, Ozarbayjon, Gruziya va Ruminiyani kiritgan. Shu bilan birga, Zelenskiy Osiyo va Afrika mamlakatlari bilan munosabatlarni rivojlantirish muhimligini ta’kidlagan. 

O‘z nutqi doirasida Ukraina Prezidenti Vashingtonda AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuv haqida ham gapirgan. Ushbu uchrashuvda boshqa mavzular qatori Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi masalasi ham muhokama qilinishi rejalashtirilgan. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina bu yo‘nalishda yetarlicha qadam tashlagan. 

Shuningdek, Zelenskiy Ukraina “Qrim platformasi”ni ishga tushirishga faol tayyorgarlik ko‘rayotganini eslatgan. 

Avvalroq, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning devoni rahbari o‘rinbosari Andrey Sibiga Ukrainaning asosiy do‘stlarini e’lon qilgandi. Sibiga do‘st davlatlar qatoriga AQSH, Kanada, Litva, Polsha, Turkiya, Boltiqbo‘yi mamlakatlari va Skandinaviya davlatlarini kiritgandi.  

Rushana Sultonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 449
Reyting: 2.9
t
×