Zelenskiy dunyodagi eng zo‘r savdogar – Tramp

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiyni “dunyodagi eng yaxshi savdogar” deb atadi. Bu haqda Oq uy rahbari “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Trampning ta’kidlashicha, Zelenskiy AQSHga tashrif buyurganida quruq ketmaydi, aksincha, doim qanchadir summa olib ketadi.

“Menimcha, u eng yaxshi savdogar, mendan ancha yaxshi. Zelenskiy Vashingtonga kelganida har safar 100 milliard dollar, yana 100 milliard, yana 500 milliard olib ketadi. Oxirgi safar esa atigi 60 milliard oldi”, degan Oq uy rahbari.

Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSHning kongress a’zolari Zelenskiydan norozi.

“Kongressdagilar bu pullar qayerga ketayotganini so‘rayapti. Biz esa faqat cheklar va naqd pul yuboryapmiz. Ular qayerda?” degan Tramp.

Ma’lumot uchun, AQSHning sobiq hukumat a’zolari 2022 yilning fevral oyida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro boshlanganidan keyin Kiyevga 113 milliard dollarga yaqin harbiy, iqtisodiy va gumanitar yordam ko‘rsatdi.

Eslatib o‘tamiz, prezident bo‘lishidan oldin ham Tramp bayonotlarining birida Zelenskiyni “tarixdagi eng yaxshi savdogar” deb atagandi va agar yana hokimiyatga kelsa, Ukrainaga yordam berishda boshqa siyosat yuritishini bildirgandi. Uning ta’kidlashicha, avvalgi AQSH ma’muriyati (Jo Bayden boshchiligida) Ukrainaga haddan tashqari ko‘p pul bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing