Zelenskiy Donetsk viloyatidagi qishloq ozod etilganini ma’lum qildi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat qurolli kuchlari Donetsk viloyatidagi Staromayorskoye qishlog‘i ustidan nazoratni tiklaganini ma’lum qildi. Bu haqda Ukraina rahbari o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozdi.

Zelenskiy Ukraina harbiylari Staromayorskoye qishlog‘i ozod qilinganini e’lon qilgan videoni o‘z sahifasida bo‘lishgan.

“35-brigada, shuningdek, “Arey” hududiy mudofaa bataloni topshiriqni bajarib, Staromayorskoye qishlog‘ini ozod qildi”, deydi harbiylar Zelenskiyning sahifasida e’lon qilingan videoda.

O‘z navbatida, Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar hozirda aholi punktini tozalash ishlari olib borilayotganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya kuchlari Donetsk viloyatining Konstantinovka shahriga kassetali o‘q-dorilar bilan hujum qilgandi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin esa Ukraina Qurolli kuchlari Zaparoje yo‘nalishida faollashganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Donetsk Zelenskiy Staromayorskoe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing