Zelenskiy bu yil urushga nuqta qo‘yishga chaqirdi
Olam
−
05 yanvar 2023
9327Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bu yil Rossiya bilan urushda g‘alaba qozonishi uchun Kiyevga harbiy yordamni tezlashtirishga chaqirdi. Bu haqda Ukraina rahbari navbatdagi videomurojaatida aytib o‘tdi.
“Terrorchi davlatning mag‘lubiyatini tezlashtirishi mumkin bo‘lgan mudofaa variantlarini kechiktirmasdan, bu yilning o‘zida Rossiyaning tajovuzkorligiga nuqta qo‘yish kerak”, deydi Ukraina rahbari.
Shuningdek, u Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronga ham minnatdorlik bildirgan.
“Bugungi kunda diplomatik marafonimizdan yangi va kuchli natijalar bor. Fransiya Ukrainaga mudofaa yordamini yangi bosqichga ko‘tarmoqda. Va men Prezident Makronga bundan yetakchilik uchun minnatdorlik bildiraman. Biz ko‘proq zirhli texnika, xususan, Fransiyada ishlab chiqarilgan g‘ildirakli tanklarni olamiz”, deydi u.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, bu Kiyevning boshqa barcha hamkorlariga G‘arb tipidagi tanklar haligacha Ukrainaga yetkazilmaganiga mantiqiy sabab yo‘qligi haqida aniq signal beradi.
“Va bu barcha ukrainaliklar uchun xavfsizlik va barcha yevropaliklar uchun tinchlikni tiklashda juda muhimdir. Yangi Rammshteyn oldidan bunday signal juda dolzarb. Biz bu yil Rossiya agressiyasiga chek qo‘yishimiz va terrorchi davlatning mag‘lubiyatini tezlashtiradigan mudofaa imkoniyatlarini kechiktirmasligimiz kerak”, deya ta’kidladi Ukraina Prezidenti.
Zelenskiyning qo‘shimcha qilishicha, zamonaviy G‘arb zirhli mashinalari, G‘arb uslubidagi tanklar ana shunday imkoniyatlardan biri, xolos.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar