Zelenskiy Bryusselga bordi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun, 9 fevral kuni Bryusselga yetib keldi. Zelenskiy va unga hamrohlik qilgan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronni Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen va Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel kutib oldi. 

“Yevropa oilasining qalbi – Bryusselga xush kelibsiz, aziz Vladimir Zelenskiy. Biz ittifoqimiz yo‘lida Ukrainani har qadamda qo‘llab-quvvatlaymiz”, deb yozgan Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Twitter’dagi sahifasida.

Shuningdek, Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel ham o‘zining Twitter’ida Zelenskiy bilan tushgan suratni joylashtirib, “Uyga xush kelibsiz, YeIga xush kelibsiz, Vladimir Zelenskiy” degan yozuvni qoldirgan.

Zelenskiyning Bryusselga kelishi – Ukrainaga Yevropa Ittifoqiga nomzod maqomi berilganidan keyin tashkilot markaziga qilingan birinchi tashrifi.

Belgiya Buyuk Britaniya va Fransiya safaridan so‘ng Zelenskiy borgan G‘arbiy Yevropadagi uchinchi davlat bo‘ldi. Ukraina rahbari bu yerda Yevropa Ittifoqi davlat va hukumat rahbarlari sammitida ishtirok etishi hamda Yevroparlamentda chiqish qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 8 fevral kuni Zelenskiy Buyuk Britaniyaga borgan, u yerda qirol Charlz III, Bosh vazir Rishi Sunak bilan uchrashgan va Britaniya Parlamentida nutq so‘zlagan edi. Shuningdek, tashrif doirasida Zelenskiy Britaniyada tayyorgarlik ko‘rayotgan Ukraina harbiylari bilan ham ko‘rishgandi.

Britaniya safaridan so‘ng u Makron va Shols bilan uchrashish uchun Parijga kelgan. Parijda esa Prezident Makron Zelenskiyni “Faxriy legion” ordeni bilan taqdirlagandi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Vladimir Zelenskiy Sharl' Mishel'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing