Zelenskiy BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishida masofadan turib qatnashadi
Olam
−
16 Sentabr 2022
3755Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga yig‘ilishda masofadan turib so‘zlash huquqini berdi, biroq qolganlarga bunday huquq beruvchi tuzatishni rad etdi. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan bugun, 16 sentyabr kuni o‘tkazilgan ovoz berish natijalari shundan dalolat beradi.
Zelenskiyga masofadan turib so‘zlash huquqini beruvchi qarorni 101 davlat yoqlab ovoz berdi, yetti davlat qarshi chiqdi, 19 davlat betaraf qoldi.
Belarus tomonidan taklif etilgan va Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, nafaqat Zelenskiyga, balki xohlovchi barcha delegatsiya rahbarlariga masofadan turib gaplashish huquqini beruvchi tuzatishga 23 davlat ovoz berdi, 23 davlat qarshi, 27 davlat betaraf qoldi.
Tuzatish qabul qilinmadi.
Zelenskiyning nutqi 21 sentyabrga belgilangan. Hujjatga ko‘ra, u o‘z nutqining videoyozuvini taqdim etishi kerak bo‘ladi.
Rossiya, Belarus, Shimoliy Koreya, Kuba, Nikaragua, Suriya va Eritreya Zelenskiyga masofadan turib gaplashish huquqini berishga qarshi chiqdi.
LiveBarchasi