Zelenskiy beshta viloyatdagi UXX rahbarlarini almashtirdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy beshta hududdagi Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) departamenti rahbarlarini almashtirdi. Tegishli farmonlar davlat rahbari saytida e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, Aleksandr Kuts Ukraina xavfsizlik xizmatining Xarkov viloyati, Eduard Fedorov Sumi viloyati, Ivan Rudnitskiy Poltava viloyati, Yevgeniy Borzilov Zakarpat viloyati, Sergey Lisak Dnepropetrovsk viloyati bo‘yicha departamenti boshlig‘i etib tayinlangan.

Mahalliy nashrlarga ko‘ra, bu amaldorlarning ba’zilari ilgari ham xuddi shunday lavozimlarda ishlagan, faqat boshqa viloyatlarda. Masalan, Sergey Lisak ilgari Jitomir viloyatida, Ivan Rudnitskiy Transkarpat viloyatida va Yevgeniy Borzilov Poltava viloyatida ishlagan.

Bundan tashqari, Zelenskiy ikki viloyatdagi UXX departamenti raislarini ishdan bo‘shatdi: Dnepropetrovskdagi Vladimir Krasnyanskiy va Sumidagi Ruslan Grigorenko. Volodimir Gorbenko esa UXX raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, 17 iyul kuni Zelenskiy Bosh prokuror Irina Venediktova va Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari vazifasini bajaruvchi Ivan Bakanovni ishdan oldi. Ukraina Prezidenti apparati rahbari o‘rinbosari Andrey Smirnov Venediktova va Bakanov ishdan bo‘shatilmaganini, balki tergov davomida o‘z vazifalaridan chetlashtirilganini tushuntirdi.

Vladimir Zelenskiy videomurojaatida Ukrainada prokuratura, tergovchilar va boshqa huquq-tartibot idoralari xodimlariga nisbatan davlatga xiyonat va “hamkorlik faoliyati” moddalari bo‘yicha 651 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilganidan so‘ng UXX rahbari va Bosh prokurorni lavozimidan chetlatganini aytdi.

Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Aleksey Simonenko Bosh prokuror vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Zelenskiy

Baholaganlar

46

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing