Zelenskiy Belarus chegarasiga bordi

Olam

image

Bugun, 19 aprel kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Belarus va Polsha bilan chegarani ko‘zdan kechirib, chegarachilarga Rossiya bosqinidan keyin mamlakatni himoya qilgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda Zelenskiyning rasmiy Telegram-kanalida ma’lum qilindi.

Ukraina rahbari Telegram-kanaliga mamlakat shimoli-g‘arbidagi Volin viloyatidagi daryo bo‘yida tikanli sim bilan o‘ralgan o‘rmonda chegarachilar bilan uchrashgani aks etgan videoni ham joylagan.

“Bugun chegarachilarga davlat chegarasini himoya qilganliklari uchun minnatdorchilik bildirish men uchun sharafdir. Men siz Baxmutni ushlab, u yerda qanchalik qattiq turib olganingizni bilaman”, deb yozgan Zelenskiy chegarachilarga murojaat qilib, ularga mukofotlarni topshirayotgani aks etgan kadrlar ostida.

Aytish joiz, joriy yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda chegarani himoya qilish choralarini muhokama qilgach, Zelenskiy Ukraina Belarus bilan chegarada hamma narsaga tayyor bo‘lishi kerakligini aytgandi. Biroq Kiyev haligacha bu yerda bayonotlardagi po‘pisalardan ko‘ra qudratliroq narsaga duch kelmadi. 

Lekin bir narsani unutmaslik kerakki, o‘tgan yilning fevral oyida Rossiya Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi uchun Belarusdan foydalangan, o‘tgan oy esa Prezident Vladimir Putin Rossiya o‘zining yaqin ittifoqchisi hududiga taktik yadro qurollarini joylashtirishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Zelenskiy Donetsk viloyatining Avdeyevka shahriga borib, u yerdagi Ukraina qo‘shinlarining ilg‘or pozitsiyalarini ko‘zdan kechirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Zelenskiy Belarus' chegarasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing