Zelenskiy Baydenga Rossiya bilan urushni tugatish rejasini taqdim etadi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan urush oxir-oqibat muloqot bilan yakunlanishini, ammo Kiyev kuchli pozitsiyada bo‘lishi kerakligini va u ushbu rejani AQSH Prezidenti Jo Bayden va uning ikki vakiliga taqdim etishini aytdi. Bu haqda u kecha, 27 avgust kuni matbuot anjumanida so‘z ochdi.

Ukraina rahbarining aytishicha, Kiyevning uch haftadan beri Rossiyaning Kursk viloyatiga bostirib kirishi bu rejaning bir qismi, biroq u iqtisodiy va diplomatik jabhadagi boshqa qadamlarni ham o‘z ichiga oladi.

“Ushbu rejaning asosiy maqsadi Rossiyani urushni tugatishga majbur qilishdir va men buni Ukraina uchun adolatli bo‘lishini juda xohlayman”, deydi Zelenskiy.

Zelenskiy keyingi qadamlar haqida batafsil ma’lumot bermagan, lekin rejani demokrat vitse-prezident Kamola Harris va, ehtimol, respublikachi Donald Tramp bilan ham muhokama qilishini aytgan.

Shuningdek, Zelenskiy sentyabr oyida Nyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasida ishtirok etish uchun AQSHga borishga umid qilayotganini va Bayden bilan uchrashishga tayyorlanayotganini ma’lum qildi.

Ukraina rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u muzokaralar uchun asosiy potensial forumni tinchlik bo‘yicha keyingi xalqaro sammit sifatida ko‘radi, unda Ukraina Rossiya vakillari qatnashishini istaydi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 avgust kuni Ukrainaga borgan  Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Vladimir Zelenskiyni Moskva boshlagan urushni tugatish uchun Rossiya bilan muzokara o‘tkazishga rozi bo‘lishga chaqirgandi.

Zebo Turobjonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Zelenskiy Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made