Zelenskiy asirdagi KXDR askarlarini Ukraina harbiylari bilan almashmoqchi 

Olam

image

Rossiyaning Kursk viloyatida ukrainaliklar tomonidan qo‘lga olingan Shimoliy Koreya askarlari so‘roq qilingandan so‘ng Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ukrainalik mahbuslar bilan almashish sharti bilan ularni vataniga qaytarishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Shimoliy koreyalik birinchi marta qo‘lga olingan askarlardan tashqari, albatta, boshqalari ham bo‘ladi. Bu vaqt masalasi. Kim Chen In bizning Rossiyada hibsda bo‘lgan harbiylarimiz bilan almashishga tayyor bo‘lsa, o‘zining odamlarini unga topshirishga tayyormiz”, deb yozdi u.

Shuningdek, u shimoliy koreyalik askarlar o‘z vataniga qaytishni xohlamasa, ular uchun boshqa imkoniyatlar bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan.

“Xususan, urush haqidagi haqiqatni Koreyada tarqatish orqali tinchlikni targ‘ib qilmoqchi bo‘lgan koreyaliklar bunday imkoniyatga ega bo‘lishadi”, dedi Prezident.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlari birinchi marta ikki shimoliy koreyalik harbiyni asirga olganini tasdiqlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jarohatlangan shimoliy koreyalik askarlarga yordam ko‘rsatilgan va ular Kiyevga olib borilgan. Ulardan birini maxsus kuchlar, ikkinchisini esa ukrainalik desantchilar tutib olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina KXDR Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing