Zelenskiy Anjey Duda bilan polyaklar qirilgan joyga bordi

Olam

image

Bugun, 9 iyul kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Polsha Prezidenti Anjey Duda Ukraina g‘arbidagi Lutsk shahriga bordi. U yerda yetakchilar Volin fojiasining 80 yilligi munosabati bilan uchrashdi. Bu haqda “Interfaks-Ukraina” xabar berdi.

Davlat rahbarlari birgalikda Lutskdagi avliyo Pyotr va Pavel soboriga borgan. Ularning tashrifi oldindan e’lon qilinmagan bo‘lsada, bir kun oldin ma’bad joylashgan Eski shahar ko‘chalari Ikkinchi jahon urushi va Volin fojiasining 80 yilligi qurbonlar xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar tufayli yopilishi ma’lum qilingan.

Zelenskiy va Dudaning rasmiy sahifalarida prezidentlarning birga tushgan rasmi e’lon qilingan va bir xil izoh qoldirilgan.

“Biz birgalikda Volindagi barcha begunoh qurbonlar xotirasiga hurmat bajo keltiramiz! Bizni xotira birlashtirdi! Birgalikda biz kuchliroqmiz”, deyiladi davlat rahbarlarining izohida.

Aytish joizki, joriy yilning may oyida Polsha Tashqi ishlar vazirligi vakili Lukash Yasina Zelenskiy Volin uchun kechirim so‘rashi kerakligini aytib, bu formula Polsha-Ukraina munosabatlarida juda yaxshi ishlashini bildirgan. 

Ma’lumot uchun, Volin qirg‘ini – G‘arbiy Ukraina hududida 1942-1943 yillarda sodir etilgan voqealarning nomi. Ukraina millatchilari tashkiloti – Ukraina qo‘zg‘olonchilar armiyasi mahalliy rahbariyatining buyrug‘i bilan Ikkinchi jahon urushi boshlanishidan oldin hozirgi Volin viloyati hududida yashagan etnik polyaklar o‘ldirilgan. Polsha rasmiylarining hisob-kitoblariga ko‘ra, 100 mingga yaqin odam halok bo‘lgan.

2016 yilda Polsha Seymi Volin qirg‘inini genotsid deb tan olish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi, deputatlar, shuningdek, 11 iyulni o‘sha voqealar qurbonlarini xotirlash kuni sifatida ko‘rib chiqishga qaror qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Pol'sha Zelenskiy Duda Volin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing