Zelenskiy AQSHning tinchlik rejasini oldi
Olam
−
21 noyabr 2025 5624 1 daqiqa
Kecha, 20 noyabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSHdan tinchlik rejasini rasmiy ravishda oldi. Bu haqda Ukraina Prezidenti ofisi xabar berdi.
Zelenskiy idorasiga ko‘ra, Ukraina Prezidenti Amerika tomonidan “diplomatiyani faollashtirishi mumkin bo‘lgan” reja loyihasini rasmiy ravishda qabul qilgan.
“Ukraina Prezidenti xalqimiz uchun muhim bo‘lgan asosiy tamoyillarni belgilab berdi va bugungi uchrashuv yakunlariga ko‘ra, rejadagi bandlar ustida shunday ishlashga kelishib oldik, bu urushning munosib yakuniga olib kelishi kerak.
Ukraina Rossiya bosqini boshlangan ilk soniyalardanoq tinchlikka intilib keladi va haqiqiy tinchlikka yaqinlashtira oladigan barcha mazmunli takliflarni qo‘llab-quvvatlaydi. Ukraina shu yil boshidan boshlab qon to‘kilishini to‘xtatish uchun Prezident Trampning takliflarini qo‘llab kelmoqda. Hozir ham Amerika tomoni va Yevropa hamda dunyo bo‘yicha hamkorlarimiz bilan konstruktiv ishlashga tayyormiz”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, yaqin kunlarda Zelenskiy mavjud diplomatik imkoniyatlar va tinchlik uchun zarur bo‘lgan asosiy bandlarni Donald Tramp bilan muhokama qilishni kutayotgani bildirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina bo‘yicha Trampning 28 banddan iborat tinchlik rejasi haqida xabar berilgandi. U Ukrainaning tinchligi, xavfsizlik kafolatlari, Yevropadagi xavfsizlik va AQSHning Ukraina hamda Rossiya bilan kelajakdagi munosabatlarini o‘z ichiga oladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025