Zelenskaya AQSHga Ukrainaning g‘alabaga ishonchini ifodalovchi kostyumda keldi

Bu qiziq

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning rafiqasi AQSHga tashrifi chog‘ida turmush o‘rtog‘iga hamrohlik qildi va BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasining birinchi kunida Ukraina bredining nafis kostyumida ko‘rinish berdi.

Prezident va birinchi xonim 18 sentyabr kuni kechqurun Nyu-Yorkka yetib keldi. Birinchi xonim samolyotdan Kristina Bobkova tomonidan yaratilgan nafis kostyumda tushib kelgan. Qayd etilishicha, uning ushbu libosni tanlashida ramziy ma’no bor. Dizaynerning so‘zlariga ko‘ra, u ukrainaliklarning g‘alaba va mamlakatning tiklanishi haqidagi orzularini ifodalaydi.

Ushbu kostyum “Dream” deb ataluvchi to‘plamga tegishli. Dizayner uni urush davrida ishlayotgan, bolalarini qutqargan, armiyaga qo‘shilgan va o‘z vatanining ozodligi uchun kurashayotgan ayollarga bag‘ishlagan. Shu sababli ham dizayner kostyumni xarbiy kurtkani eslatuvchi yamoqli cho‘ntaklar bilan bezatgan.

Yelena Zelenskaya, shuningdek, Ukrainaning "Gunia Project" brendining Vladimir marjonlari va "Guzema Jewelry" sirg‘alaridan ushbu ko‘rinishini to‘ldirishda  foydalangan.

Ma’lumot uchun, Yelena Zelenskaya Bosh Assambleyaga tashrifini "Xalqaro Teng ish haqi kuni" tadbirida ishtirok etishdan boshladi, unda Ukraina birinchi xonimi ma’ruzachilardan biri bo‘ldi. Shuningdek, ushbu tashrif davomida Zelenskaya turli tadbirlarda bir nechta nutq so‘zlashi rejalashtirilgan.

Bunda tashqari, u AQSHga tashrifi davomida Klintonlar oilasi (AQSHning 42-prezidenti Bill Klinton va uning rafiqasi Xillari Klinton) va JSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus bilan uchrashadi, madaniy merosni yo‘q qilishga qarshi kurashga bag‘ishlangan ko‘rgazmaning ochilishida ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Vladimir Zelenskiy Elena Zelenskaya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing