“O‘zcharmsanoat” uyushmasiga rais tayinlandi
Jamiyat
−
26 fevral 2019 9970 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “O‘zcharmsanoat” uyushmasiga rais va uning birinchi o‘rinbosari tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.
Qaroriga muvofiq:
“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Faxriddin Atoyevich Boboyevga “O‘zcharmsanoat” uyushmasining raisi vazifasini bajarish yuklandi;
Farhod Hasanovich Nurmuhamedov “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisining o‘rinbosari etib tasdiqlandi.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan Umurzoqov Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlangan edi.
Live
BarchasiPutin Xitoyga yetib bordi
19 may