O‘zbekistonda umrbod oylik oladigan sportchilar nomlari e’lon qilindi
Sport
−
21530 2 daqiqa
Hukumatning tegishli farmoyishlariga asosan umrbod oylik to‘lov oladigan sportchilar ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ro‘yxatga ko‘ra, 57 nafar Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindoriga umrbod oylik to‘lov to‘lab boriladi.
Ularga Jismoniy tarbiya va sport vazirligining har yili tasdiqlanadigan Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan:
Oltin medal uchun — eng kam oylik ish haqining 10 barobari;
Kumush medal uchun — eng kam oylik ish haqining 5 barobari;
Bronza medal uchun — eng kam oylik ish haqining 5 barobari miqdorida umrbod oylik to‘lab boriladi.
Sportchi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqsa yoki musobaqada boshqa davlat nomidan ishtirok etsa, butunjahon antidoping tashkiloti (WADA) tomonidan taqiqlangan dori vositalari qo‘llagani aniqlanib, Olimpiya va Paralimpiya g‘olib va sovrindorligidan mahrum etilsa, sud qaroriga muvofiq ozodlikdan mahrum etilsa, vafot etsa umrbod oylik to‘lov to‘xtatiladi.
Ta’kidlash joiz, sportchi kelgusi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida yana g‘olib va sovrindor bo‘lsa, unga umrbod oylik to‘lovlar oshirilgan miqdorda to‘lanadi.
Quyida ro‘yxat bilan to‘liq tanishishingiz mumkin:
Umrbod oylik to‘lanadigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida
g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar
Ro‘yxati
Live
Barchasi